Jumladan, “S. I.” MCHJ va «D. m.» XK norasmiy rahbari B. I. va rahbari F. K. tomonidan “S. I.” MCHJ balansidagi Qibray tumani Salar massivi Bobur MFY hududida 66,02 ball bonitetli 1 gektar yer uchastkasidagi issiqxonani qayta rekonstruksiya qilishga “ruxsatnoma” olib, qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yer uchastkasida qurilish ishlarini boshlagan va sugʻoriladigan ekin yer maydonini muomaladan chiqarib, 1 mlrd 29 mln soʻm miqdorda zarar yetkazgan.
Bundan tashqari, F. K. bir vaqtning oʻzida “S. I.” MCHJ va «D. m.» XK rahbari boʻlaturib, ushbu jamiyatlarning norasmiy rahbari B. I. bilan birgalikda «Agrokimyohimoyaservis» MCHJ balansidagi, 2021-yilda auksion savdolari orqali «D. m.» XKga sotib yuborilgan Qibray tumani Bobur MFY hududidagi qishloq xoʻjaligi xaritasining 2393 konturida 66,02 ball bonitetli 4,13 gektar sugʻoriladigan yer uchastkasining 0,75 gektar qismida qurilish ishlarini boshlab, 774 mln soʻm miqdorda zarar yetkazgan.
“Mazkur holat yuzasidan «S. I.” MCHJ va «D. m.» XK rahbari F. K., norasmiy rahbari B. I. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi», deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida.