Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro F.A. (muqaddam sudlangan) “Qoʻqimboy” massividagi 5 nafar fuqaroga ajratilgan jami 40 sotix yer maydonini ushbu fuqarolarning xabardorligisiz goʻyoki kadastr boʻlimida ishlovchi tanishlari orqali “Chorvachilik” yoʻnalishi uchun hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga fuqaro M.B.dan 61 mln soʻm va 3 300 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shuningdek, Departamentning Qoʻshrabot tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.Sh. fuqaro H.T.ning ishonchiga kirib, “Tinchlik“ MFY hududidagi davlat zaxirasidagi 25 sotix yer maydonini goʻyoki oʻziniki ekanligini va 125 mln soʻmga sotishini aytib, kelishilgan pullardan 100 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.