Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bogʻot tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan I.S. fuqaro X.M.dan 6 000 AQSH dollarini 77,4 mln soʻmga sotib olgan vaqtida ushlanib, tadbir jarayonidan I.S.dan 103 915 Rossiya rubli, 300 AQSH dollari, 30 ming Qozoq tengesi, 770 ming soʻm pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, Departamentning Andijon va Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda, Andijon shahrida yashovchi M.M. 4 000 AQSH dollarini 51,8 mln soʻmga sotgan vaqtida, Zarafshon shahrida yashovchi Sh.E. 4 200 AQSH dollarini 54,7 mln soʻmga sotgan vaqtida va Navbahor tumanida yashovchi J.A. 3 700 AQSH dollarini 48 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.