Ikkilamchi bozor uchun kreditlar qachon qayta ochilishi maʼlum qilindi

    Ijtimoiy hayot 7 Fevral 2022 11024

    “Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ oʻz faoliyatini davom ettirmoqda.

    2022-yilning 1 choragida tijorat banklari tomonidan ajratilgan ipoteka kreditlari 42 mln. AQSH doll. miqdorida qayta moliyalashtiriladi.

    Kompaniya tomonidan xalqaro moliya tashkilotlaridan qoʻshimcha mablagʻlar jalb etilishi boʻyicha tegishli ishlar olib borilmoqda va 2022-yilning ikkinchi yarim yilligida oʻzlashtirilishini boshlanishi kutilmoqda.

    Ayni paytda joriy yilning birinchi yarim yilligida Moliya vazirligi resurlarini jalb etilishi nazarda tutilmoqda.

    Kompaniya tomonidan taqdim etiladigan resurs talablari asosida ikkilamchi bozordan uy-joylar sotib olish uchun 2021-yilda 1,9 trln. soʻm ipoteka kreditlari ajratildi, 2022-yil davomida 2,0 trln. soʻm miqdorida kreditlar ajratilishi rejalashtirilmoqda.

    2021-2022-yillarda kapital bozorini rivojlantirish Dasturini amalga oshirish boʻyicha Yoʻl xaritasi doirasida tijorat banklarini resurslar bilan barqaror taʼminlash maqsadida sekyuritizatsiya va ipoteka obligatsiyalar muomalasi amalga oshirilishini huquqiy asoslari yaratilmoqda.

    2023-yildan boshlab Kompaniya tomonidan ipoteka obligatsiyalari chiqarilishi rejalashtirilgan va mazkur mablagʻlar hisobidan Kompaniya faoliyati yanada rivojlanadi.

    Shu bilan birga, joriy etilgan yangi tartib doirasida Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga birlamchi bozordan kvartiralar sotib olish uchun muntazam ravishda resurslar ajratib kelinmoqda.

    Moliya vazirligi resurslari hisobidan birlamchi bozordan kvartiralar sotib olish uchun 2021-yilda 5,0 trln. soʻm ajratildi, 2022-yilda aholiga kreditlar berish uchun tijorat banklariga 12,8 trln. soʻm resurslar ajratilishi nazarda tutilgan.

    Moliya vazirligi

    Axborot xizmati