Ilk natijalar
Bugun respublikamizning 11 ta jazoni ijro etiş muassasasida 18-30 yoş oraliğidagi 300 dan ortiq mahkum ingliz tili va zamonaviy kasb-hunarlarni örganmoqda. Qisqa muddat — beş oy davomida qölga kiritilgan dastlabki natijalarning öziyoq loyihaning naqadar samarali ekanini körsatmoqda.
Loyiha doirasidagi maşğulotlar 2026-yil 1-iyundan Toşkent, Navoiy va Qaşqadaryo viloyatlarida boşlangandi. Test sinovlari va oğzaki suhbat orqali saralab olingan 311 mahkum ötgan davr mobaynida xorijiy til hamda kompyuter savodxonligi kurslari böyiça intensiv tahsil oldi.
Ingliz tilining “A1” darajasi va “Kompyuter savodxonligi” kurslari böyiça yakuniy nazorat ötkazildi. Natijalar tinglovçilarning 88,6 foizi ingliz tili, 79,5 foizi kompyuter savodxonligi böyiça boşlanğiç bilimlarni muvaffaqiyatli özlaştirganini körsatmoqda.
Eng yuqori natijalar Qaşqadaryo va Navoiy viloyatlarida qayd etildi: Jumladan, Qaşqadaryoda ingliz tilining “A1” darajasini özlaştiriş 96,6 foizni, kompyuter savodxonligi böyiça esa 98,3 foizni taşkil etdi. Navoiyda bu körsatkiç mos ravişda 98,9 hamda 87,5 foizga teng böldi.
Mahkumlarning bilim darajasi ularga dars bergan mutaxassislar tomonidan aniqlanmaydi. Xolislik va şaffoflikni taʼminlaş maqsadida jarayonga alohida ekspertlar jalb qilinib, nazorat sinovlari maxsus platformada har oyda ötkazib kelinmoqda. Jazoni ijro etiş muassasalari orasida 100 foizli natijaga erişilganlari ham bor. Xususan, Qiziltepadagi 5- hamda Qarşidagi 3-koloniyalarda ikkala kurs böyiça özlaştiriş 100 foizni taşkil etdi. Bu körsatkiçlar tinglovçilarning taʼlimga naqadar jiddiy yondaşayotganini hamda uşbu loyihani kelajagini özgartiriş yölidagi çinakam imkoniyat sifatida qabul qilayotganini körsatadi.
Prezidentimiz taşabbusi bilan boşlangan xayrli iş
Davlatimiz rahbari 2026-yil 24-fevral kuni Köksaroy qarorgohida yoşlar bilan ötkazilgan muloqotda jazo muddatini ötayotgan yoşlarning jamiyatga tez moslaşişi muhimligini taʼkidlab, “Ikkinçi imkon” umummilliy loyihasi boşlanişini eʼlon qilgan edi. Şu yilning 27-mart kuni esa bu borada Prezidentimiz qarori qabul qilindi. Qaror ikki maqsadga: ozodlikka çiqqan inson işsiz va tayançsiz qolmasligi, şuningdek, takroran jinoyat sodir etilişining oldi olinişiga qaratilgan. Bu loyiha birgina xato sabab inson kelajagiga nuqta qöyilmasligi kerak, degan ezgu ğoyaga asoslangan. Çunki haqiqiy adolat faqat jazolaşda emas, balki insonga töğri yölga qaytişi uçun imkoniyat berişda namoyon böladi.
“Ikkinçi imkon” loyihasi dastlab pilot tarzida uçta hududda boşlangan bölsa, 2027-yildan respublikamizdagi barça jazoni ijro etiş muassasalarini töliq qamrab oladi. Eng muhimi, davlat tomonidan qöllab-quvvatlanadigan, adaşib jinoyat köçasiga kirgan insonlarni jamiyatga tölaqonli qaytarişga, bu orqali ularning kelajagini yaxşilaşga qaratilgan bunday kompleks reabilitatsiya tizimi nafaqat yurtimizda, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida mutlaqo yagona taşabbusdir.
Aslida, ozodlikdan mahrum etilgan şaxslarga AT va raqamli sohalarni örgatiş xalqaro tajribada juda kam uçraydi. 2014-yilda Kaliforniyadagi San-Kventin qamoqxonasida boşlangan “The Last Mile / Code.7370” loyihasi mahkumlarga dasturlaşni örgatiş böyiça dunyodagi eng maşhur nodavlat dastur hisoblanadi. AQŞ tajribasi asosida Buyuk Britaniyada “Code4000” loyihasi yuzaga kelgan hamda Avstraliya, Fransiya, Çili va Yangi Zelandiya kabi davlatlarda ham ayrim muassasalarda sinov tariqasida qöllanilgan.
Xorijda bu kabi dasturlar odatda nodavlat taşkilotlar tomonidan çeklangan tarzda ötkazilsa, Özbekistonda “Ikkinçi imkon” loyihasi Prezidentimiz qarori asosida milliy darajada, respublikadagi jazoni ijro etiş muassasalarini töliq qamrab olgan holda ötkazilmoqda. Loyihada qatnaşib, bilim va könikmalarni muvaffaqiyatli özlaştirgan bitiruvçilarni kafolatlangan iş bilan taʼminlaş mamlakatimizda yuritilayotgan kuçli ijtimoiy siyosatning yana bir yorqin ifodasidir. Ayni şu jihatlariga köra, “Ikkinçi imkon” loyihasini bemalol dunyo miqyosida öxşaşi yöq deb aytiş mumkin.
Eng muhim maʼlumotlar
“Ikkinçi imkon” loyihasi 18-30 yoşdagi mahkumlarga möljallangan bölib, unga öta oğir jinoyatlarni sodir etmagan, ijtimoiy xavfi katta bölmagan jinoyatlarni sodir etgan, ilk bor qamalgan mahkumlar jalb qilinadi. Axborot texnologiyalaridan foydalangan holda jinoyat sodir etgan şaxslarning loyihada iştirok etişiga qatʼiy ruxsat berilmaydi.
Öquv maşğulotlari 8-12 oylik intensiv dasturlar asosida taşkil etilib, kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovçilarga egallagan kasbi böyiça respublika miqyosida tan olinadigan elektron şakldagi tegişli malakaviy sertifikatlar topşiriladi.
Dastur doirasida mahkumlarga 12 oy davomida ingliz tili (A1-B2) puxta örgatiladi. Bundan taşqari, öquv rejasidan “Kompyuter savodxonligi”, “Kompyuter servisi va tarmoq texnologiyalari”, “Soft skills”, maʼlumotlar tahlilçisi, marketpleyslarda tadbirkorlik qiliş könikmasini şakllantiriş böyiça kurslar örin olgan.
Davlat va xususiy sektor hamkorligi
“Ikkinçi imkon” loyihasi töliq “UNICON-SOFT” MÇJ mablağlari hisobidan moliyalaştirilib, davlat byudjetidan mablağ talab etilmaydi. Öqituvçilar iş haqi, öquv xonalarini jihozlaş (kompyuter jamlanmasi, elektron doskalar, öquv mebeli va hokazo) va metodik adabiyotlar bilan taʼminlaşdan tortib, mahkumlarga kerakli oddiy daftar va ruçkagaça — barça taşkiliy va moddiy xarajatlarni kompaniya öz zimmasiga olgan.
2026-yilning 29-avgust kuni IIV Jazoni ijro etiş departamenti, “UNICON-SOFT” MÇJ, Vatan universiteti, “MAAB Innovation” va “SZS Trucking” kompaniyasi örtasida imzolangan memorandumlar doirasida Vatan universiteti har yili loyihaning eng muvaffaqiyatli bitiruvçisini 100 foizli grant asosida 4 yil bepul öqitiş taşabbusini ilgari surdi.
“Microsoft” kompaniyasining Özbekistondagi birinçi rasmiy hamkori bölgan “MAAB Innovation” kompaniyasi kompyuter savodxonligi va ingliz tilini yaxşi özlaştirganlar uçun maʼlumotlar tahlili böyiça maxsus dastur böyiça bepul öqitiş istagini bildirdi. “SZS Trucking” kompaniyasi esa har yili ingliz tilini yaxşi özlaştirgan bitiruvçilarni qisqa kurslarda öqitib, öziga işga qabul qiliş taklifi bilan çiqdi.
Bularning barçasi “Ikkinçi imkon” umummilliy reablitatsiya loyihasi amalda har bir mahkumning kelajagini yaxşi tomonga özgartirişga qaratilganini körsatadi.
Eng muhimi, jazoni ötab ozodlikka çiqqan yigit-qizlar endi köçada qolmaydi, iş izlab sarson bölmaydi — ular loyiha doirasida egallagan zamonaviy bilim va kasblari yordamida daromadli kasb egasiga aylanişadi va munosib hayot keçiriş imkoniga ega böladi. Bu esa ularning jamiyatga moslaşişiga, takroriy jinoyatlar kamayişiga xizmat qiladi.
Dilyor ĞANIYEV,
“Ikkinçi imkon” loyihasi menejeri