Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Ezgu film” studiyasi tomonidan suratga olingan rejissyor Jahongir Ahmedovning “Ilhaq” badiiy filmi tojik tiliga tarjima qilindi.

Mazkur film Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlanib, unda 5 farzandini frontga joʻnatgan ayol Zulfiya aya taqdiri va kechinmalari aks ettirilgan.

Kinokartina avval rus tiliga tarjima qilingan hamda 19-22-may kunlari Tojikiston Respublikasida boʻlib oʻtgan “Oʻzbek kinosi kunlari” doirasida ilk bor rus tilida premyerasi oʻtkazilgan.

Hozirgi paytda filmning ingliz tilidagi subtitr, rus va tojik tillaridagi tarjima variantlari tayyor, deya xabar beradi Kinematografiya agentligi Axborot xizmati.

Kelgusida “Ilhaq” badiiy filmini qozoq, qirgʻiz va turkman tillariga tarjima qilish rejalashtirilgan.