Tomonlar Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi munosabatlar keng qamrovli strategik sheriklikning yangi bosqichiga koʻtarilganini, unda transport masalasi yetakchi oʻrinlardan birini egallayotganini qayd etdilar.
Muzokaralarda I.Maxkamov oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash uchun birgalikda hal etilishi lozim boʻlgan bir qator muhim masalalarga toʻxtalib oʻtdi.
Xususan, Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston temir yoʻli qurilishini rasman boshlash marosimini oʻtkazish, xalqaro avtomobil tashuvlari toʻgʻrisidagi yangi Bitimni imzolash hamda milliy tashuvchilar uchun ruxsatnoma blankalari ayirboshlashning rasmiy kvotasini oshirish lozimligini qayd etdi.