Qayd etilishicha, “Imkoniyatlar olimpiadasi“ni tashkil etishdan maqsad — nogironligi boʻlgan shaxslarni oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarishini qoʻllab-quvvatlash, kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish, ijtimoiylashtirish, oʻziga boʻlgan ishonchini oshirish va mehnat bozorida ularning oʻrnini mustahkamlashdan iborat.
Joriy yilda “Imkoniyatlar olimpiadasi“ ishtirokchilari 10 ta kasblar boʻyicha oʻzaro bellashadilar.
- fotografiya;
- AKT (axborot kommunikatsiya texnologiyalari);
- mobilografiya;
- rassomchilik;
- kashtachilik;
- kulolchilik;
- qandolatchilik;
- tornachilik;
- duradgorlik;
- quruq qurilish ishlari.
Tanlovda 389 nafar nogironligi boʻlgan shaxs ishtirok etish istagida maxsus platformada roʻyxatdan oʻtgan.
Yakuniy bosqichi va taqdirlash marosimi 1-2-may kunlari “Oʻzekspomarkaz“da oʻtkaziladigan “Inson uchun“ respublika yarmarkasi doirasida boʻlib oʻtadi.








