Qayd etilishicha, “Imkoniyatlar olimpiadasi“ni tashkil etishdan maqsad — nogironligi boʻlgan shaxslarni oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarishini qoʻllab-quvvatlash, kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish, ijtimoiylashtirish, oʻziga boʻlgan ishonchini oshirish va mehnat bozorida ularning oʻrnini mustahkamlashdan iborat.

Joriy yilda “Imkoniyatlar olimpiadasi“ ishtirokchilari 10 ta kasblar boʻyicha oʻzaro bellashadilar.

  • fotografiya;
  • AKT (axborot kommunikatsiya texnologiyalari);
  • mobilografiya;
  • rassomchilik;
  • kashtachilik;
  • kulolchilik;
  • qandolatchilik;
  • tornachilik;
  • duradgorlik;
  • quruq qurilish ishlari.

Tanlovda 389 nafar nogironligi boʻlgan shaxs ishtirok etish istagida maxsus platformada roʻyxatdan oʻtgan.

Yakuniy bosqichi va taqdirlash marosimi 1-2-may kunlari “Oʻzekspomarkaz“da oʻtkaziladigan “Inson uchun“ respublika yarmarkasi doirasida boʻlib oʻtadi.