Aviakompaniya matbuot xizmatining xabar berishicha, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining “Asialuxe Travel” turoperatori bilan hamkorligi natijasida yoʻlovchilar uchun Toshkent – Alanya – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyildi.
Parvozlarni taʼminlash uchun Uzbekistan Airways aviakompaniyasi barcha zarur ruxsatnomalarni oldi, parvoz ekipaji esa ushbu hududda va belgilangan aeroportda parvozlarni amalga oshirish uchun toʻliq malakaviy tayyorgarlikdan oʻtkazildi, — deyiladi xabarda.