— Yurtimizda ushbu kengash raisi Prezident hisoblanadi. Hududlarda esa birinchi rahbarlar bu masala uchun masʼul etib belgilangan. Chunki ilm-fan, taʼlim va tarbiya, maʼnaviyat biz uchun ustuvor masaladir, - dedi davlat rahbari.

Prezident yigʻiliganlar eʼtiborini bu yil ijtimoiy sohaga eng koʻp – 134 trillion soʻm mablagʻ ajratilgani, bu 2016-yilga solishtirganda 5,6 barobar ziyodligiga qaratdi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda belgilangan “Oʻzbekiston – ijtimoiy davlat” degan qoidaning amaliy hayotimizdagi tasdigʻini birgina ana shu misolda ham yaqqol koʻrish mumkin.

Bu ishlar dastlabki qadamlar boʻlib, kelgusida yanada kengayib boradi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.