Universitetning Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti davlat muassasasi tomonidan o'tkazilgan tadbir chexiyaliklar, pol`shaliklarning chiqishlari bilan boshlandi.

Yalpi majlisda “Gidrogeologiya yo'nalishi aspektlari: yutuqlar, muammolar va ularni hal qilish yo'llari”, “Muhandislik geologiyasi yo'nalishi aspektlari: muxandis-geologik jarayonlarni baholash va ularni yuqori texnologik uskunalar va usullar asosida bashoratlash” kabi sho''balarda 150 dan ortiq ma'ruza va boshqa chiqishlar taqdim etildi.

Konferensiyada respublikamizdagi vazirlik, qo'mitalar, oliy o'quv yurtlari, korxona va tashkilotlar vakillari qatnashdilar. eng quvonarlisi, yoshlar ham o'zlarining tadqiqotlari bilan ishtirok etishdi.

Konferensiya materiallarining chop etilib tarqatilganligi mutaxassislar bilan fikr almashishga va dolzarb vazifalarni belgilashga yanada keng imkoniyatlar yaratadi.

Hasan Abdunazarov