Respublika karlar sport federatsiyasi bosh kotibi va Olmazor tumani Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri ishtirokida musobaqaning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Respublikamizning turli viloyatlaridan tashrif buyurgan yoshlar oʻz tengqurlari bilan turli yosh toifalarida qizgʻin bahsga kirishdi.

Oʻgʻil-qizlar bellashuv davomida shaxmat boʻyicha bilimlarini yanada boyitishga muvaffaq boʻlmoqda, deydi Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati.