Viloyati Ekologiya boshqarmasining xabar berishicha, oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida Angren shahar, Sogʻlom MFY hududida fuqaro F.A. tomonidan yer ochib imorat qurish maqsadida 1 (bir) tup yongʻoq daraxtini tag qismidan kesib tashlagani aniqlandi.
Noqonuniy daraxt kesilishi natijasida oʻsimlik dunyosiga 119.700.000 soʻm miqdorida zarar yetkazilgani.
Hozirda mazkur holatga huquqiy baho berish uchun toʻplangan hujjatlar Toshkent viloyati prokuraturasiga yuborilgan.









