10-noyabrdan boshlab ushbu AYOQSHlardagi import qilingan AI-95 narxi 6600 soʻmdan 6300 soʻmga arzonlashtiriladi.

“Bizni korxona bozor munosabatlariga toʻliq amal qilib boradi mahsulot tannarxi pasaysa, uni sotish narxi ham albatta kamaytiriladi. Bundan keyin ham bu amaliyot davom ettiriladi”, – deydi “UNG Petro” korxonasi direktori Mirzohid Musayev.

AYOQSHlarda sotilayotgan mahsulot turlari, ularning narxlari hamda joylashgan manzillari haqida toʻliq va aniq maʼlumotlarni @ao_uzbekneftegaz va @UNGPetroBot telegram kanallari orqali olishingiz mumkin.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati