Imtihonlarga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasi olib berishni va'da qilgan firibgarlar ushlandi

    Buning evaziga 350 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Muzrabot tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro R.X. boshqa bir fuqaro D.N.ga goʻyoki IIBda ishlovchi tanishlari yordamida imtihonlarga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasi olib berishi evaziga 350 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Shu kabi, Departamentning Qumqoʻrgʻon tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.A. fuqaro Sh.X.ga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olish uchun oʻtkaziladigan imtihonlardan ijobiy baho olib berish evaziga 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.