Yuqori Chirchiq tumanida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan, bir qator yoshlar “Har bir tadbirkor - yoshlarga madadkor” tamoyili asosida “Yoshlar 1+1” dasturi doirasida ishsiz va uyushmagan yoshlarni tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha tashkil etilgan oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlab, sertifikat egasi boʻldi.

Aynan tadbirkorlik kurslarini yakunlab, oʻz ish faoliyatini boshlagan ishbilarmon yoshlarimiz tumanda talaygina.

Jumladan, “Navroʻz” mfy hududida istiqomat qiluvchi Sevara Nasriddinova va Baxrom Dexqonboyevlar imtiyozli 33 mln soʻm kredit evaziga xonadonlarida tikuvchilik sexini yoʻlga qoʻyishdi.

Shuningdek, “Navroʻz” mfy hududida istiqomat qiluvchi Ruxsora Qoʻchqorova ham 32 mln imtiyozli kredit olib, hozirgi kunda qandolatchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan mashgʻul. Faqatgina shu bilan cheklanib qolmasdan, 3 nafar bandligi taʼminlanmagan yoshlarni ish bilan taʼminladi.

🗞Bu kabi yoshlarimizning hayotda oʻz oʻrnini topishiga albatta, tuman hokimligi, tuman Yoshlar ishlari Agentligi, Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tasarrufidagi Tadbirkorlikka koʻmaklashish markazining xizmatlari katta.

Harakatda barokat - deyishadi. Albatta oʻz ustida tinimsiz ishlash hamda halol mehnatda baraka boʻladi. Buning hammasi insonning oʻz irodasiga bogʻlik.

Bu kabi olgʻa intilayotgan, tinmay mehnat qilib, mavaffaqiyatga erishayotgan yoshlarga hamisha omadlar tilab qolamiz!

Yuqori Chirchiq tuman hokimligi Axborot xizmati