Qayd etilishicha, shu yilning 1-avgust sanasidan aviatashuvchi Mumbay-Toshkent-Mumbay yoʻnalishi boʻyicha muntazam qatnovlarni amalga oshirishni boshlaydi.
Reyslar haftasiga toʻrt marta dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
“IndiGo” — bosh qarorgohi Hindistonning Gurgaon shahrida joylashgan hind xususiy loukoster aviakompaniyasi. Kompaniya muntazam qatnovlar soni va samolyotlar soni boʻyicha mamlakatdagi eng yirik aviatashuvchi hisoblanadi. “IndiGo” 2023-yil sentyabr oyidan Dehli-Toshkent-Dehli yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekistonga muntazam reyslarni amalga oshirib kelmoqda.
Yangi yoʻnalish — Mumbay, ilgari Bombey nomi bilan tanilgan, Hindistonning moliyaviy markazi va dunyodagi aholi eng zich joylashgan shahar markazlaridan biri. Hindistonning gʻarbiy sohilida Arab dengizi boʻyida joylashgan shahar Bollivudning yuragi va savdo, moda va koʻngilochar markazi hisoblanadi.









