15 kishining halok bo'lgani va 19 kishining bedarak yo'qolgani ma'lum qilindi.
Indoneziya Milliy qidiruv va qutqaruv agentligi ma'lumotlariga ko'ra, parom bortida 40 nafar yo'lovchi bo'lgan, atigi olti nafari tirik qolgan, 19 nafar yo'lovchi haqida ma'lumotlar yo'q.
Qayd etilishicha, kema odamlarni Janubi-Sharqiy Sulavesi poytaxti Kendaridan taxminan 200 kilometr janubdagi Muna oroliga – bor-yo'g'i bir kilometr masofaga harakatlangan. Mavasanka ko'rfazining ikkala tomonidagi ikkita kichik shaharcha orasidagi sayohat atigi 20 daqiqa davom etishi kerak edi. Hodisa sabablari hozircha noma'lum, deb xabar beradi korrespondent.net.