Gap o'z vaqtida evakuatsiya qilinmagan 26 nafar sayyoh haqida bormoqda – ulardan 14 nafari topilgan: uch nafari tirik, 11 nafari hayotdan ko'z yumgan, yana 12 nafari bedarak yo'qolganlar ro'yxatida.
Balandligi 2891 metr bo'lgan Marapi vulqoni 3-dekabr kuni G'arbiy Sumatra viloyatida otila boshlagan va kul uch ming metr balandlikka ko'tarilgan. Kul yaqin atrofdagi hududlarga tarqaldi. Mahalliy aholidan kraterga uch kilometr masofagacha yaqinlashmaslik so'raldi. Odamlarga niqoblar berildi va ulardan uyda qolish so'raldi, deb xabar beradi mir24.tv.
Vulkanologiya agentligi ma'lumotlariga ko'ra, Indoneziya Tinch okeanining “Olov halqasi” deb ataladigan qismida joylashgan va 127 ta faol vulqonga ega.