Infografika: Qoraqalpog‘istonning 2017-2021-yillardagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi

    Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining infografikasida Qoraqalpog'iston Respublikasining so'nggi besh yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi natijalari keltirilgan.

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog'iston Respublikasiga uch kunlik tashrifi davomida butun hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tahlil etilmoqda.

    Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari 2017-2021-yillarda amalga oshirilgan faol islohotlar jarayonida Qoraqalpog'istonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi asosiy o'zgarishlarni taqdim etdi.

    Qoraqalpog'iston Respublikasi (QR) yirik tabiiy, mineral va qishloq xo'jaligi resurslari, mehnat salohiyati, yo'l, transport va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, sanoat infratuzilmasi, qulay geografik joylashuvi va katta hududiga ega.

    Yalpi hududiy mahsuloti (YAHM) besh yil davomida 32% yoki 26,3 trln. so'mga o'sdi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 6,8 trln. so'mdan 16,6 trln. so'mgacha (30% o'sish) o'sdi.

    Qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 20%ga o'sib, 2021 yilda 12,3 trln. so'mni tashkil etdi (2017 yilda - 5,0 trln. so'm).

    Hududda faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar soni 2017-yildagi 19,2 mingdan 2021-yilda 27,4 ming taga etdi (o'sish 59%).

    Infratuzilmani rivojlantirish sohasida 2017-2021-yillarda 102 km gaz quviri tarmoqlari, 105 km avtomobil yo'llari ishga tushirildi hamda 2 278 km suv ta'minoti tarmoqlari tortildi va ta'mirlandi.

    Aholini ijtimoiy muhofaza qilish va munosib turmush sharoiti yaratish borasida aholini munosib uy-joy bilan ta'minlash kabi vazifalarni hal etish muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, o'tgan besh yil mobaynida hududda 4 390 ming kvadrat metr uy-joy foydalanishga topshirildi, maktabgacha ta'lim muassasalarida 15,2 ming, maktablarda 38,3 ming o'rin yaratildi, shifoxonalarda 930 ta koykalar joylashtirildi.

    Shu davr mobaynida 127 mingga yaqin ish o'rni yaratildi.

    Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan joriy yilning yanvar` oyida hisoblangan Ishbilarmonlik faolligi indeksida (IFI) Qoraqalpog'iston Respublikasida eng yuqori o'sishni ko'rsatdi.

    Prezidentning 2020-yil 11-noyabrda qabul qilingan "2020 — 2023 yillarda Qoraqalpog'iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori shahar va tumanlar "o'sish nuqtalari"ga muvofiq iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlarini yanada rivojlantirishga turtki berdi.

    Orolbo'yi rivojlanishida sa'y-harakatlarni birlashtirish uchun Qoraqalpog'istonning har bir tumani hududlardan biriga biriktirilgan. Masalan, Mo'ynoq tumani Toshkent viloyatiga, Qoraqalpog'iston poytaxti Nukus esa Toshkent shahriga biriktirilgan.