Mars vertolyoti – Ingenuity oltmishinchi bor Mars osmoniga ko'tarildi va o'z rekordini yangiladi. Bu haqda NASA reaktiv harakat laboratoriyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, qurilma soniyasiga sakkiz metr masofani uchib o'tib, yer rekordini yangiladi. Avvalgi rekord 6,5 m/s edi.
Umuman olganda, Ingenuity 133 soniya davomida parvoz qildi. Bu vaqt ichida u 16 metr balandlikda harakatlanib, 340 metr masofani bosib o'tdi, deb xabar beradi korrespondent.net.









