Hujjatni innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov va Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palata raisi Mirazim Mirtalipov imzoladi.
Hamkorlik memorandumi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi oliy ta'lim muassasalari, ilmiy tashkilotlar va ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlaridagi tadqiqotchilarning ilmiy va innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida imzolandi. Unga ko‘ra hamkorlikda yangi istiqbolli ilmiy-innovatsion loyihalarni ishlab chiqish ham ko‘zda tutilgan.
Aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish, cog‘liqni saqlash tizimiga oid mavjud muammolarni aniqlash, ularning ilmiy yechimini ta'minlashda loyihalar va chora-tadbirlarni hamkorlikda amalga oshirish hamda ratsionalizatorlik faoliyatini rivojlantirishda zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha ham birgalikda ish olib borishiga kelishildi, deb xabar beradi Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati.