Inouye teleskopi Gavayidagi Maui orolida joylashgan. U olimlarga Quyoshning magnit maydonlari va magnit bo'ronlari sabablarini chuqurroq o'rganishga yordam beradigan “misli ko'rilmagan tafsilotlar asosida” fotosuratlar olish imkoniyatiga ega.
Teleskop yaqinda o'rnatildi va ishga tushirish bosqichida. Yangi tasvirlarda Quyoshning turli nuqtalari va sokin hududlari aks etgan. Ularni yaratish uchun keng polosali skaner (VBI) ishlatilgan.
Quyosh “dog'lari” – bu fotosfera orqali kuchli magnit maydonlar yuzaga keladigan, Quyosh yuzasidagi qorong'u va nisbatan sovuq hududlardir. Quyoshdagi “dog'lar” soni Quyosh faolligining asosiy ko'rsatkichlaridan biri hisoblanadi.
Ayni paytda Quyosh 2025-yilning iyuliga qadar davom etadigan yangi faollik davriga kirmoqda. Shungacha uning yuzasida “dog'lar” tobora ko'payib boradi, deb xabar beradi mir24.tv.