Taʼkidlanishicha, qurilmani yaratishda Masatech kompaniyasi hamda Bratislavadagi Komenskiy va Slovakiya universitetlarining alohida fakultetlari ishtirok etgan. Loyiha hukumat tomonidan moliyalashtirilgan.

Ekspertlar inson chiqarayotgan nafasdan 60 soniyadan kamroq vaqt ichida koronavirusni aniqlovchi qurilmani yaratishga muvaffaq boʻlgan. Shundan soʻng, tahlil namunalari dasturiy taʼminot algoritmlari yordamida klassifikatsiyalanadi.

Maʼlumotlarga koʻra, FastBreathSpec ishi ionlar harakatining spektrometriyasiga asoslangan.

Bugungi kunda koronavirus PSR hamda ekspress-testlar yordamida aniqlanmoqda. Biroq ekspress-testlar antitanalar bilan ishlagani uchun virusning bilvosita belgilarini aniqlay oladi xolos.

Eslatib oʻtamiz, fevralda Polsha kompaniyasi oʻn soniya ichida inson nafasi orqali COVID-19ni aniqlaydigan qurilma ixtiro qilgani xabar qilingan edi.