Qarorga koʻra, quyidagilar 2026–2027-yillarda intellektual mulk sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib belgilandi, jumladan:
- mamlakatda roʻyxatdan oʻtkazilgan intellektual mulk obyektlari sonini 100 mingtaga yetkazish;
- intellektual mulk obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida texnologiyalaridan foydalanish orqali ekspertiza muddatlarini 2 barobarga qisqartirish.
Adliya vazirligining “Sanoat mulki muhofazasi” va “IP Protection” axborot portallari negizida quyidagilarni amalga oshirish imkonini beruvchi “Intellektual mulk muhofazasi” portali ishga tushiriladi:
- intellektual mulk masalalariga oid murojaatlarni qabul qilish;
- intellektual mulk obyektlari bilan bogʻliq shartnomalarni onlayn tuzish.
kontrafakt tovarlar hamda intellektual mulk huquqlarini buzganligi uchun faoliyati cheklangan veb-saytlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish.








