Qarorga koʻra, quyidagilar 2026–2027-yillarda intellektual mulk sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib belgilandi, jumladan:

  • mamlakatda roʻyxatdan oʻtkazilgan intellektual mulk obyektlari sonini 100 mingtaga yetkazish;
  • intellektual mulk obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida texnologiyalaridan foydalanish orqali ekspertiza muddatlarini 2 barobarga qisqartirish.

Adliya vazirligining “Sanoat mulki muhofazasi” va “IP Protection” axborot portallari negizida quyidagilarni amalga oshirish imkonini beruvchi “Intellektual mulk muhofazasi” portali ishga tushiriladi:

  • intellektual mulk masalalariga oid murojaatlarni qabul qilish;
  • intellektual mulk obyektlari bilan bogʻliq shartnomalarni onlayn tuzish.

kontrafakt tovarlar hamda intellektual mulk huquqlarini buzganligi uchun faoliyati cheklangan veb-saytlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish.