Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti rasmiy maʼlumot berdi.

Taʼkidlanishicha, mazkur xabar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Tasvirlangan videoda shu yilning mart oyida Chirchiq shahrida boʻlib oʻtgan Vatanparvarlik festivaliga jalb etilgan texnikalar aks etgan.

"Respublikamizdagi barcha elektron nashrlar va blogerlardan maʼlumotlarni notoʻgʻri talqin qilmasliklarini soʻraymiz. Eslatib oʻtamiz, asoslanmagan yolgʻon xabar tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud", deyiladi xabarda.