Qarorga koʻra, 2025-yil 1-oktyabrdan 2026-yil 1-oktyabrgacha investitsiya platformalaridan “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimida quyidagi yoʻnalishlarda foydalanishga ruxsat beriladi:

  • qimmatli qogʻozlarni joylashtirish va sotib olishda;
  • venchur va pay fondlarini moliyalashtirishda;
  • kommandit shirkatlarga hissa kiritishda.

Investitsiya platformalari operatori uchun quyidagi talablar belgilandi:

  • rezident yuridik shaxs maqomiga ega boʻlishi;
  • vakolatli davlat organi tomonidan yuritiladigan maxsus elektron reyestrga kiritilgan boʻlishi;
  • oʻz faoliyatini vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadigan qoidalarga muvofiq amalga oshirishi;
  • investitsiya platformasi orqali rasmiylashtirilgan shartnomalar reyestrini yuritishi.