Prezident qarori bilan “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti etib qayta nomlandi.
Universitet Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlarning turizm, madaniy merosni boshqarish va muzeyshunoslik sohalarida kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy taʼlim muassasasi hamda ushbu sohalarni ilmiy va innovatsion tadqiq etish boʻyicha ilmiy muassasaga aylantirildi.
Shuningdek, Toshkent turizm va servis kolleji negizida Universitetning Toshkent filiali tashkil etiladi.








