Joriy yilda pillachilikni rivojlantirishga oid jami qiymati 2,75 mln dollarlik 6 ta yirik loyiha amalga oshirilishi koʼzda tutilgan. Ulardan 2 tasi chuqur qayta ishlashga (1,15 million dollar "Jayhun silk" MChJ, “To'rtko'l silk Carpets” MChJ, "Bustan silk" MChJ), 2 tasi yangi klasterlar (1,0 million dollar "KKR IPAK CLUSTER" MChJ, “Turtkul Silk Carpets” MChJ ), 2 tasi modernizatsiya qilinadi (0,6 million dollar).

Shuningdek, ushbu loyiha doirasida respublika boʼyicha 885 tonna pilla yetishtiriladi. Buning uchun Qoraqalpogʼiston Respublikasining oʼzida toʼliq mahalliy urugʼ yetishtirishga muvaffaq boʼlindi. Respublikada toʼrt mavsumda 16 ming 160 quti pilla boqiladi. Hozirga qadar 13 000 quti pilla yetishtirildi, 3160 quti 3-4 mavsum uchun olib kelinishi rejalashtirilgan.

Sohada amalga oshirilgan islohotlar samarasi oʼlaroq, Qoraqalpogʼiston Respublikasida birgina pillachilik tarmogʼida umumiy miqdorda 48 ming 535 nafar aholini ish bilan taʼminlanadi. Shundan 3 ming 645 nafari doimiy, 44 890 nafari mavsumiy ishchilarni tashkil etadi.

Bugungi kunda respublikada “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2 million 260 mingdan ziyod tut koʼchati ekib boʼlindi. Yil yakuniga qadar bu koʼrsatkichni 6 million 600 mingga yetkazish rejalashtirilgan.