Iqlim oʻzgarishi va ekstremal ob-havo oʻrtasidagi munosabatni oʻrganuvchi World Weather Attribution guruhi tadqiqotchilari ana shunday xulosaga keldi.
Mutaxassislarning fikricha, Shimoliy yarimsharda bunday qurgʻoqchilik har 400-yilda bir marta sodir boʻlishi kerak, ammo iqlimning antropogen oʻzgarishi tufayli ular 20 yilda bir marta takrorlanadi. Tabiiy ofat yirik daryolarning qurib ketishiga, ekinlarning nobud boʻlishiga olib keldi, oʻrmon yongʻinlarini yuzaga keltirdi va suvdagi hayvonlar va oʻsimliklarga taʼsir koʻrsatmoqda. Xitoyda soʻnggi 60 yildagi eng quruq yoz qayd etildi va Yanszi daryosining kengligi deyarli yarmiga qisqardi.
Olimlar tropik zonalardan tashqari barcha hududlarda ob-havo va tuproq namligi haqidagi maʼlumotlarni tahlil qilishdi. Maʼlum boʻlishicha, soʻnggi bir necha oy ichida iqlim oʻzgarishi tuproq namligini sezilarli darajada yoʻqolishi ehtimolini oshirgan. Selsiy shkalasi boʻyicha qoʻshimcha 0,8 daraja issiqlik bilan bu turdagi qurgʻoqchilik Gʻarbiy, Markaziy Yevropada har 10 yilda bir marta, Shimoliy yarim sharning barcha hududida esa har yili sodir boʻladi, deyiladi lenta.ru saytida.