Bugun tibbiyot  akademiyasida  professor o'qituvchilarning  navbatdagi  o'n birinchi konferentsiyasi   bo'lib o'tdi.

 Mamlakatimiz Prezidentining Oliy Majlisga va xalqimizga yo'llagan Murojaatnomasidan kelib chiqadigan ustivor vazifalar ijrosiga bag'ishlangan konferentsiya yoshlar tarbiyasi, zamonaviy ta'lim parametrlari, aholi salomatligini muhofaza qilishning yangicha shakllari barasidagi erkin fikrlar almashinuvi, taklif mulohazalar tarzida kechdi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, professor Alisher Shodmonov  o'z  ma'ruzasida  Yangi O'zbekistonning bugungi zamonaviy qiyofasi, yangi davr odamlarining ertangi kunga bo'lgan katta ishonchi, tibbiy ta'lim yo'nalishi va aholi salomatligini muhofaza qilishdagi yangicha qarashlar, mamlakat bo'ylab amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar hususida gapirdi.

 «Mamlakat taraqqiyotining zamini, hech shubhasiz, ilm-fan va innovatsiyalardir»  Mamlakatimiz Prezidenti Murojaatnomada 2021 yilda  ilm-fan sohasida oliygohlar va ilmiy tashkilotlardagi doktorantlar soni 4,5 mingtaga etkazilib, bu boradagi ko'rsatkichlar 2017 yilga nisbatan 3 barobarga oshirilishiga alohida urg'u bergandi.

Konferentsiya ishida Yangi taraqqiyot davrining muhim bosqichiga qadam qo'ygan mamlakatimiz ilm-fani rivojida Tibbiyot akademiyasidagi ilmiy-pedogogik jarayon ham muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida ta'kidlandi. Tibbiyot ilmi salohiyatini zamonaviy bosqichlarga olib chiqishda akademiklar, professor o'qituvchilar,  fan nomzodlarining tashabbusli harakatlari naqadar zarur ekanligi aytildi. Yoshlardagi  yashirin iqtidorni yuzaga chiqarib,  tibbiyot ilmi va amaliyotidagi  malakasini oshirib borish, murakkab  fan va texnologiyalari imkoniyatlaridan  bemalol foydalana olishdek  ko'nikmani  hosil qilishning ayni payti ekanligi  ta'kidlandi. Kerak bo'lsa, yangi Renessans davri yoshlari bilan birgalikda o'qib o'rganish, izlanish, bir-birimizga elka tutib yangiliklar yaratish zarurligi aytildi. Konferentsiyada so'zga chiqqan o'qtuvchi va professorlar ilg'or xalqaro amaliyot asosida dotsent va professor ilmiy unvonlari, falsafa va fan doktori ilmiy darajalarini berish vakolati  endilikda o'z yo'nalishi bo'yicha nufuzli bo'lgan oliygohlarning ilmiy kengashlariga o'tkazilayotganligidan mamnunliklarini bildirdilar. Yaqin kelajakda Toshkent tibbiyot akademiyasida ixtisoslashgan  kengash faoliyatining  yo'lga qo'yilishi borasidagi  teran qarashlar asosidagi  yangi reja va g'oyalar ular zimmasiga  katta mas'uliyat yuklayotganligi tan olindi.   

Ilm  avvalo insoniyatga xizmat qilishi kerak. Shu ma'noda, hukumatimizning  yoshlar ta'lim va tarbiyasi, barcha  ijtimoiy-iqtisodiy sohalar qatori tibbiyot yo'nalishidagi   ilmiy  ishlanmalarga yo'naltirilayotgan katta imtiyoz va imkoniyatlar    aholi salomatligini asrashi barobarida   tibbiyotda  katta fundamental ishga aylanib ketishi, muhimi uzoq yillar davomida insoniyatga xizmat qilishi uchun vijdon amri va daxldorlik tuyg'usi bilan ishlab, jamiyatning qaynoq islohotlar maydonida toblanish, odamlar orasida  bo'lib, ular koriga yarash barchamiz uchun   ham farz, ham farz ekanligi  konferentsiya ishining mazmun mohiyatini belgilab berdi.  Toshkent tibbiyot akademiyasi professor o'qituvchilarining  11 konferentsiyasida Oliy Majlis  qonunchilik palatasi deputatlari ham ishtirok etdilar.Qabul qilinajak  Davlat dasturi yuzasidan ilmiy jamoaning taklif va mulohazalari bilan o'rtoqlashdilar.

 

 

Gulchehra Mirzaeva,

Toshkent tibbiyot akademiyasi matbuot kotibi