Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yil yanvar-fevral oylarida iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) yangi tashkil etilgan korxonalar soni:

savdoda – 6 150 ta;

sanoatda – 3 570 ta;

qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida – 3 142 ta;

qurilishda – 1 251 ta;

yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlarda – 1 048 ta;

axborot va aloqada – 477 ta;

tashish va saqlashda – 467 ta;

sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishda – 294 ta;

boshqa sohalarda – 2 166 tani tashkil etgan.