Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yil yanvar-iyul oylarida (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 59 700 ta boʻlib, ular iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha taqsimlanganda:
savdoda – 21 425 ta;
sanoatda – 12 319 ta;
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida – 8 326 ta;
qurilishda – 4 075 ta;
yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlarda – 3 817 ta;
axborot va aloqada – 1 496 ta;
tashish va saqlashda – 1 495 ta;
sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishda – 1 032 ta;
boshqa sohalarda – 5 715 tani tashkil etgan.