Tadbirda Termiz shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Gʻ.N. Termiz shaharda subsidiya toʻlanadigan talabgorlarni tanlab olish boʻyicha komissiyasi masʼul kotibligidan foydalanib, fuqaro N.ga uy-joy olish maqsadida subsidiya ajratilishi uchun yakuniy xabarnoma berish evaziga 3 mln soʻm pora talab qilib, muqaddam 1 mln soʻmini olib, qolgan 2 mln soʻmini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.