Rossiyaning “IrAero” aviakompaniyasi “Samarqand” xalqaro aeroportidan Tatariston poytaxti — Qozon shahriga yangi yoʻnalish ochdi.

20-sentyabrdan boshlab Samarqandga va ortga reyslar haftada bir marta seshanba kunlari amalga oshiriladi. Oktyabr oyi oxirigacha 2022-yil bahor-yoz mavsumi doirasida samolyotlar Samarqanddan Qozonga mahalliy vaqt bilan soat 18:30da parvoz qiladi.

Yoʻlovchilarni tashish Sukhoi Superjet 100 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Bir yoʻnalishdagi parvoz vaqti 3 soat 40 minut.

“IrAero” aviakompaniyasi — 1999-yilda tashkil etilgan va Irkutsk xalqaro aeroportida joylashgan Rossiya aviakompaniyasi hisoblanadi.

Kompaniya parki Airbus A319, Superjet 100, Bombardiyer CRJ-200LR kabi samolyotlardan, shuningdek, Antonov yoʻlovchi va yuk tashuvchi samolyotlaridan iborat