Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar 10 foizga oshiriladi

    Moliya 3 Iyun 2025 1586

    Prezidentning byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni 10 foizga, yaʼni inflyatsiyadan past boʻlmagan darajaga oshirishga doir farmoni imzolandi.

    Bosh vazir oʻrinbosari, Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov parlament Quyi palatasidagi chiqishida mazkur hujjat yaqin soatlarda eʼlon qilinishini maʼlum qildi.

    Maʼlumot uchun, 2024-yil sentyabrda pensiya va nafaqalar 15 foizga, oktyabrda maoshlar 10–15 foizga oshirilgan edi.