Shu kunlarda, Rossiya Federatsiyasida boʻlib turgan Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi aʼzolari Novosibirsk viloyatidagi “Xiloks” dehqon bozoriga tashrif buyurib, 300 dan ortiq oʻzbekistonlik sotuvchi va xizmat koʻrsatuvchi mehnat muhojirlari bilan suhbatlashilib ularning muammolari oʻrgandi.
Vatandoshlar bilan muloqotda ularning aksariyati ishlashga ruxsatnomasiz (patensiz) faoliyat yuritayotganligi, mehnat qonunchiligi boʻyicha yetarli tushunchaga ega emasligi aniqlandi. Shu munosabat bilan, Ishchi guruhi tarkibida boʻlgan Adliya vazirligi masʼul xodimi tomonidan huquqiy targʻibot va tushuntirish ishlari olib borildi.
Kunning ikkinchi yarmida Novosibirsk davlat universitetida tahsil olayotgan 60 nafar oʻzbekistonlik talaba, universitet yangi binosi qurilishida ishlayotgan 780 nafar vatandosh bilan uchrashuv oʻtkazilib, koʻmakka ehtiyoji bor 24 nafar vatandoshimizning muammosi joyida hal etildi.
Muloqot davomida Oʻzbekistonga qaytib mehnat faoliyatini yuritish istagini bildirgan 15 nafar yosh mahalliy ish beruvchilar bilan kelishilib, ishga qabul qilindi. Undan tashqari 9 nafar talabalaga sifatli taʼlim olishi uchun noutbuk olib berilib taʼlim toʻlovlari toʻlab berildi.
Shu bilan birga, Novosibirsk shahridagi “Doʻstlik uyi” madaniyat saroyida oʻzbekistonlik 300 nafardan ortiq talaba-yoshlar va mehnat migrantlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.