Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Koʻkdala tuman boʻlimi tomonidan tezkor tadbirda, Muborak magistral gaz quvurlari boshqarmasi taʼmirlash boʻlimi chilangari A.N. fuqaro S.D.ni tanishlari yordamida ushbu boshqarmaga ishga joylashtirib qoʻyish evaziga 5 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.