Fuqaro M.G.ga mamlakatimizning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Tomsk shahridagi “Doʻstlik” oʻzbek diaspora tashkiloti tomonidan yordam koʻrsatilib, aviachipta olib berildi.
4-iyul kuni Novosibirsk – Toshkent yoʻnalishidagi aviareys orqali Oʻzbekistonga qaytarildi.
Maʼlumot oʻrnida shuni aytish mumkinki, yurtdoshimizni Oʻzbekistonning mutasaddi tashkilotlari vakillari kutib olib, tibbiy xizmat koʻrsatishga kelishib olingan.