jismoniy shaxslarga tegishli ishlab chiqarilganiga 10-yilgacha boʻlgan yengil avtomototransportlar texnik koʻrikdan ixtiyoriy ravishda oʻtkaziladi;

- yengil avtomototransportlar quyidagi muddatlarda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkaziladi:

- ishlab chiqarilganiga 11-yildan 14-yilgacha boʻlgan yengil avtomototransportlar – 2-yilda bir marta;

- ishlab chiqarilganiga 15-yil va undan ortiq boʻlgan yengil avtomototransportlar – 1-yilda bir marta.

Bunda mazkur muddatlar tijorat asosida yoʻlovchilar tashish faoliyatida foydalaniladigan yengil avtomototransportlar uchun tatbiq etilmaydi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.