Bundan koʻzlangan maqsad, mavjud epidemiologik vaziyatni, shuningdek mavsumiy yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish va yoʻlovchilar sogʻligʻini muhofaza qilishdir.
Mazkur tartib bugundan, yaʼni 19-oktyabrdan kuchga kirdi. Bunda jamoat transporti xodimlari tomonidan yoʻlovchilarga qoʻlqoplar bepul taqdim etila boshlandi.
Bugun qator ommaviy axborot vositalari, hamda ijtimoiy tarmoqlarda ishlatilgan qoʻlqoplar bilan toʻlgan chiqindi idishlari va shular bilan ifloslangan yer osti piyodalar yoʻlaklarining holati aks etgan fotosuratlar keng muhokamalarga sabab boʻlmoqda.
Mavjud vaziyatni hisobga olgan holda, metropoliten maʼmuriyati zudlik bilan korxonaning tozalash ishlari jadvalini qayta koʻrib chiqdi. Amaldagi ishlatilgan qoʻlqoplar uchun qoʻshimcha chiqindi idishlari oʻrnatilishi va keyinchalik bu ishlatilgan qoʻlqoplar utilizatsiya qilinishi nazoratga olinadi, deb xabar beradi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati.