Yaʼni, haydovchilar xuddi avvalgidek, ishonchnomani notarius orqali rasmiylashtiradi, Faqat ishonchnomani yonida olib yurmasa ham boʻladi. Chunki 2021-yil 1-sentyabrdan ishonchnomalarni YPX xodimlari elektron tizim orqali mustaqil tekshiradi, deya xabar beradi Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.
Ishonchnoma bilan bir qatorda texnik koʻrikka oid va “tonirovka” boʻyicha hujjatlarning mavjudligi ham elektron tarzda tekshiriladi.
Demak, haydovchi ushbu hujjatlarni ham yonida olib yurishi shart emas.