Chunki qishki isitish mavsumida noqonuniy qo'lbola isitish jihozlaridan foydalanish va shu orqali paydo bo'layotgan is gazidan insonlarning zaharlanish holatlari yuzaga kelishi extimoli ko'proq. Jumladan, o'zimga biriktirilgan xududda 1 ming 42 ta xovli-xonadon, 1 ta maktab, 1 ta maktabgacha ta'lim muassasasi, 1 ta vrachlik punkti, 1 ta san'at maktabi, 85 ta savdo maskani xamda 3 ta ovqatlanish majmualari mavjud bo'lib, ushbu xududda 4 yarim ming nafarga yaqin axoli istiqomat qiladi. Biz xar kuni xizmat davomida xududdagi tashkilotlar, tibbiyot va ta'lim muassasalaridagi isitish tizimi holatini o'rganish bilan birga xonadonlarga kirib aholining isitish pech va dudbo'ronlardan qanday foydalanayotganliklarini nazorat qilib boramiz.

Xududdagi “Do'stlik” hamda “Sohil” mahalla fuqorolar yig'inlari yettiligi bilan xamkorlikda olib borayotgan bu yo'nalishdagi ishlarimiz tufayli aholining isitish jixozlaridan to'g'ri foydalanish borasidagi bilim va ko'nikmalari oshib borayapti. Shu o'rinda ma'lumotlarga e'tibor qaratsak, Is gazi (SO) rangsiz, hidsiz zaharli birikma bo'lib, tabiiy gaz, yoqilg'i, ko'mir, o'tin cho'g'lari to'liq yonmasligi oqibatida hosil bo'ladi. Is gazidan uy sharoitlarida tabiiy gaz chiqib turganda va pechka bilan isitiladigan uylar, dudbo'ronlarni noto'g'ri o'rnatilgan holda to'lib qolishi oqibatida insonlar zaharlanishi mumkin. Bundan tashqari, gaz pechkasiga kelayotgan gaz oqimini ozgina muddat to'xtab va yana uzatilishi oqibatida yonmagan gazni xonadonga kirishi ham is gazidan zaharlanish yoki yong'inlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Shu bois fuqarolar gaz pechkalaridan foydalanishda e'tiborli bo'lishi, ishga, o'qishga ketganda gaz pechlarini o'chirib ketishlari maqsadga muvofiqdir.

                     Sardor ERGASHEV,  

Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar 

                                             boshqarmasi Guliston shahar Favqulodda

                                                 vaziyatlar bo'limi inspektori,

                                                 kichik serjant