Vulqon yaqinida joylashgan 4 ming fuqaro istiqomat qiladigan Grindavik shahri Reykyanes va Fagradalsfyadl vulqonlarining otilishi tufayli vayron bo‘lishi mumkin deb maʼlum qildi vulkanolog A.Xyoskuldsson. Uning taʼkidlashicha, ushbu vulqon otilishining oqibatlari yarim asr oldin sodir bo‘lgan otilishdan ancha jiddiyroq bo‘lishi mumkin.
Hukumat 11 noyabr kuni, aholini ehtiyot chorasi sifatida uylarini tark etishga chaqirdi. Bundan tashqari, shahar yaqinida joylashgan va sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan “blue lagoon” geotermal kurorti jamoatchilik uchun yopilgan.Mamlakatda favqulodda holat eʼlon qilindi.
Shahar hududida allaqachon katta yoriqlar paydo bo‘lgan, ulardan lava yuzaga chiqishi mumkin. Otilish okean tubida boshlanishi ham mumkin deb taxmin qilinmoqda.