Zilzila shu qadar kuchaydiki, mahalliy aholini evakuatsiya qilishga to'g'ri keldi. Vulqon magmasi shahar bo'ylab oqdi. Mamlakatda favqulodda holat e'lon qilindi.

Lavaning yer yuzasiga chiqishi va shaharning yer ostiga tushishi xavfi bor. Ammo buning qachon sodir bo'lishini hatto mutaxassislar ham ayta olmaydi. Grindavikda allaqachon katta yoriq yuzaga kelgan. Undan bug' ko'tarilmoqda. Suv ta'minoti va elektr tarmoqlariga zarar yetgan. Odamlarga kerakli narsalarni olish uchun qisqa vaqt ichida uylariga qaytishga ruxsat berildi.

Oxirgi 24 soat ichida Islandiyada rekord darajadagi 1400 zilzila qayd etildi. Oktabr oyining oxiridan boshlab Reykyanes yarim orolida seysmik faollik kuchaydi, u yerda olti ming yil davomida harakatsiz bo'lgan Fagradalsfyadl vulqoni joylashgan, deb xabar beradi mir24.tv.