“Islom moliyasi” tushunchasi yangi qonunda koʻrib chiqiladi

    Moliya 12 Yanvar 2021 675

    Bu haqda AOKAdagi brifingda Markaziy bank raisi oʻrinbosari Bekzod Hamroyev maʼlum qildi.

    «Joriy yilda Markaziy bank tomonidan makrodarajagi ishlar qatori mikrodarajadagi ishlarni ham jonlantirish zarurligi belgilandi. Xususan, alohida mijozbay va mahallalarda ish tashkil qilishga eʼtibor qaratiladi.

    2020-yilda dunyo moliya tizimida bizning yillik inflyatsiya darajamiz 11,1 foizni tashkil qilgan boʻlsa, oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 15,3 foizga oshdi. Bu aholining maʼlum xarid qobiliyatiga va ularning inflyatsion kutilmalariga salbiy taʼsir koʻrsatdi.

    2021-yilda Markaziy bankka makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash vazifasi belgilandi, yaʼni inflyatsiyani 10 foizdan oshirmaslik va oziq-ovqat narxlari, xususan oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha choralarni koʻrish topshirildi.

    Moliya bozorlarida raqobat rivojlantiriladi. 2021-yilda “Nobank tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonun yangidan ishlab chiqiladi. Ularga koʻproq xizmat koʻrsatish huquqlari beriladi. Murojaatnomada aytib oʻtilgan “Islom moliyasi” tushunchasi ushbu qonunda koʻrib chiqiladi», dedi Bekzod Hamroyev.