Mazkur yirik va noyob majmua xalqimizning uch ming yillik tarixi, bunyodkorlik salohiyati, jahon tamadduniga qoʻshgan ulkan hissasi, buyuk ajdodlarimizning madaniy-maʼrifiy merosini chuqur oʻrganish va keng ommalashtirishga xizmat qiladi.

Aql va idrokka tasannolar aytilmoqda

Rustam KALONOV, Toshkent shahri “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi, senator:

Prezidentimiz markazning asosiy vazifasi islom­ning haqiqiy gumanistik va maʼrifiy mohiyatini koʻrsa­tishdan iborat ekanini taʼkidlagan edi. Ushbu markazga tamal toshi qoʻyilishidan tortib, ochilish marosimigacha boʻlgan jarayonlarda ishtirok etganimdan faxrlandim, toʻlqinlandim. Kechagi ochilish marosimidagi tanishuv jarayonida guvohi boʻlganimiz — rang-barang ekspozitsiya­lar, kutubxonada toʻplangan nodir qoʻlyozmalar, elektron adabiyotlar va xalqimizning boy tarixiy merosi namuna­lari bu fikrni yaqqol namoyon etdi.

“Har qanday millatni anglash, bilish uchun uning tarixi va madaniyati, insoniyat tamadduniga qoʻshgan hissasi bilan tanishish kerak”, degan ibratli gapning mohiyatini bu yerda yanada chuqurroq his etdik.

Islom tarixi va merosini turli zamonaviy vositalar orqali yoshlar tafakkuriga yetkazib bera oladigan bunday ilmiy-maʼrifiy markaz bugungi dunyoda juda ham zarur. Shu bilan birga, u jahon hamjamiyatiga xalqimizning maʼrifiy qarashlarini koʻrsatib beradi, boy ilmiy-ma­daniy merosimizni targʻib etadi.

Avvallari yurtdoshlarimiz dunyoning turli joylari­ga sayohatga yoki xizmat safariga borganda, chet elliklar ularning qayerdan kelganini soʻraganini va yurtimiz no­mini bilmasligini nadomat bilan aytardi. Bu mahobatli majmua va undagi meros namunalari esa xorijlik muta­xassislar fikrini butunlay oʻzgartirib yuboryapti. Ma­naman degan davlat rahbarlari ham bunday aql va idrok­ka tasannolar aytmoqda. Arab mamlakatlaridan kelgan turli soha vakillari: “Biz ham shunday binoni barpo qilishimiz mumkin edi, ammo koʻrsatishga arzigulik nimalar bilan toʻldirardik? Bizda bunaqa manba yoʻq. Oʻzbekiston ilm-fan doirasida, davlatchilik miqyosi­da mamlakat va xalq nufuzini, tafakkur koʻlamini, yutuqlarini aniq dalillar bilan namoyon qiladigan, manbalarga boy mamlakat ekan”, deb tan beryapti.

Boy merosimizni oʻrganish hamda anglash maskaniga tashrif buyurgan har qanday kishi tariximiz koʻlamini, uning mohiyatini ongida, vujudida his etadi.

Shuni yana takror va takror aytgim keladiki, bu markaz yoshlar uchun juda katta tarixiy manba boʻldi. Shu bois, ular faqatgina ana shunday buyuk ajdodlarning voris­larimiz deya faxrlanib qolmay, ularga munosib boʻlishga intilishini, ilm oʻrganishdan hech qachon toʻxtamasligini istardim. Bu esa ularning Uchinchi Renessansni yaratishda munosib hissa qoʻshishiga xizmat qilishi shubhasiz. Axir yurt farovonligi ham, yuksalishi ham, avvalo, ilmga va taʼlim-tarbiyaga bogʻliq ekanini yaxshi bilamiz.

Ushbu markaz dunyo hamjamiyatiga boy merosimizni namoyon etadigan, uni keng targʻib qiladigan va millat­lararo hamkorlikni mustahkamlaydigan ishonchli koʻprik boʻlib qoladi.

Buyuk merosni hayrat bilan kuzatdim

Ufuk ULUTASH, Turkiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi:

— Ushbu muzeyni soʻnggi yillarda islom olamida barpo etilgan eng yirik madaniy-maʼrifiy markaz­laridan biri deb bemalol aytish mumkin. U nafaqat Oʻzbekiston, butun islom dunyosi uchun muhim maskan boʻlib xizmat qiladi.

Bu yerda islomdan avvalgi davrdan tortib, bugun­gi kungacha Oʻzbekiston hududida shakllangan islom sivilizatsiyasi tarixi juda taʼsirli tarzda namo­yish etilgan. Markazda tarixiy meros nafaqat anʼa­naviy usullar orqali, shuningdek, sunʼiy intellekt kabi zamonaviy texnologiyalar yordamida ham yoritil­gan. Shu bois, bu maskanga kirgan inson tomosha zav­qi bilan birga haqiqiy maʼnoda katta bilimga ham ega boʻladi.

Ushbu markazni barpo etishda mehnat qilgan bar­cha insonlarga chuqur minnatdorlik bildiraman. Toshkentda yashovchi inson, shu bilan birga, musulmon sifatida aytishim mumkinki, bu yerga kelganlar tari­ximizni oʻrganib, undan zavq oladi va islom sivili­zatsiyasining buyuk merosini hayrat bilan kuzatadi.

Men Toshkentdagi bunday iftor tadbirida ik­kinchi bor qatnashishim. Unda koʻplab diplomatik korpus vakillari, elchilar va diplomatlar ham ishtirok etdi. Barchamizni bir joyga jamlagani uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Janob Shavkat Mirziyoyevga alohida minnatdorlik bildi­ramiz.

Ramazonning soʻnggi kunlari, Navroʻz bayrami hamda Ramazon hayiti arafasida oʻtkazilayotgan bunday uchrashuvlar qardoshlarni birlashtiradigan juda goʻzal anʼanadir.

Tamaddunning muhtasham ramzi

Sherzod NIYAZIMBETOV, Nukus tumani “Biogumus” fermer xoʻjaligi rahbari:

— Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi marka­zining rasmiy ochilish munosabati bilan tashkil etilgan iftor tadbirida ishtirok etish men uchun katta sharaf va unutilmas voqea boʻldi. Davlati­miz rahbari shaxsan oʻzi ishtirok etgani esa bu tadbirga yanada mazmun va ahamiyat bagʻishladi.

Oʻzbekiston zamini azaldan buyuk islomiy ta­maddunning muhim markazlaridan biri boʻlib kelgan. Xalqimiz tarixi, madaniyati, maʼnaviyati va urf-odatlari islom qadriyatlari bilan chambar­chas bogʻliq. Yurtimizda asrlar davomida ilm-fan, maʼrifat va adolat gʻoyalari islom ruhiyati asosi­da shakllangan va rivojlangan. Buyuk ajdodlari­miz nafaqat yurtimiz, balki butun insoniyat ta­raqqiyotiga beqiyos hissa qoʻshgan. Ularning ilmiy va maʼnaviy merosi bugungi kunda ham yosh avlod uchun ilhom manbai boʻlib xizmat qilmoqda. Ular yaratgan ilm maktabi va madrasalari Oʻzbekiston­ning islom sivilizatsiyasida tutgan oʻrnini yanada mustahkamlaydi.

Islom sivilizatsiyasi markazi nafaqat ilmiy tadqiqotlar, balki madaniy muloqot, maʼnaviy tarbiya va xalqaro hamkorlik uchun ham katta may­dondir. Bu kelajak avlod uchun bilim va maʼrifat manbai, yurtimiz madaniyati va sivilizatsiyasi­ning kafolatli rivoji uchun mustahkam poydevor boʻladi.

Oʻzbekiston boy tarix va madaniyat siviliza­siyasining zamonaviy markazlaridan biriga ayla­nayotgan davlat. Uch ming yillik shonli tariximiz va boy madaniyatimiz, yangi Oʻzbekistonning ulkan imkoniyatlarining yaqqol ifodasi boʻlgan, milliy ruh bilan yoʻgʻrilgan ushbu markazda bir vaqtning oʻzida yurtimizning qadimiy tarixi durdonala­rini koʻrish, oʻzbek xalqining intellektual va madaniy salohiyatiga aniq ishonch hosil qilish mumkin.

Markaz qariyb 10 gektar maydonda joylashgan boʻlib, bu yerda “Oʻzbekiston zaminida islomgacha boʻlgan davr”, “Birinchi va Ikkinchi Renessans”, “Yangi Oʻzbekiston — Uchinchi Renessans poydevo­ri” kabi ekspozitsiya zallari tashkil etilgan.

Prezidentimiz markaz maʼnaviy-maʼrifiy ishlar uchun fundamental baza boʻlishini alohida taʼkidlab oʻtdi. Eng muhimi, bu markaz yoshlarimiz uchun mustahkam maʼnaviy tayanch boʻlishi, yangi Xo­razmiylar, Beruniy va Ulugʻbeklar, Fargʻoniy va Ibn Sino, Buxoriy va Termiziylarning yetishib chiqishiga xizmat qilishi yurtimiz azaldan buyuk tarixga ega ekanini yana bir marta isbotlaydi.

Bagʻrikenglik va ezgulik mayogʻi

Farida ABDURAHIMOVA, “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti boʻlim boshligʻi, pedagogika fanlari nomzodi, professor:

Joriy yilning 17-mart kuni yurtimiz maʼnaviy hayotida unutilmas voqea — Islom sivilizatsiyasi markazining tantanali ochi­lish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu ulugʻ dargoh nafaqat boy tarixiy merosimizni oʻrganish va targʻib qilish, balki zamonaviy ilm-fan, maʼrifat va madaniyatni uygʻunlashtirgan holda kelajak avlodga yetkazishda beqiyos aha­miyat kasb etadi.

Markaz asrimizning haqiqiy maʼrifat mayogʻi sifatida insonlarni ezgulik, bagʻ­rikenglik va oʻzaro hurmat ruhida birlash­tirishga xizmat qiladi. Bugun butun dunyo tinchlik va oʻzaro ishonchga ehtiyoj sezayotgan bir paytda ushbu maskan ana shunday yuksak qadriyatlarni targʻib etuvchi muhim maʼnaviy koʻprik boʻlishi shubhasiz.

Mamlakatimizning uch ming yillik shon­li tarixi va boy madaniyati, yangi Oʻzbekis­ton imkoniyatlarining yorqin koʻzgusi boʻlgan ushbu betakror va ulugʻvor majmuaning ochi­lish marosimida ishtirok etishimning oʻzi qalbimga bir olam zavqu shavq va oʻzgacha haro­rat baxsh etdi.

Bunday taʼrifi beqiyos koshonaning gʻaro­yib va ajoyib jihatlari haqida gapirishga esa til ojiz. Eng asosiysi, ushbu markazning shunday ulugʻ kunlarda ochilishi, unda ishti­rok etishim ayollik, onalik va buvilik dav­rimdagi eng halovatli, eng goʻzal va ajib bir nurli kun boʻldi.

Davlatimiz rahbarining “Islom sivi­lizatsiyasi markazining Ulugʻbek darvozasi peshtoqiga Qurʼoni karimning “Iqra”, yaʼni “Oʻqi!” degan muborak oyatini muhrlab qoʻydik. Bu ilohiy soʻzlar zamirida islom dinining asl maʼno-mazmuni mujassam desak, ayni haqiqatni aytgan boʻlamiz. Xalqaro ekspertlar eʼtirof etganidek, bugun Oʻzbekistonda islom sivilizatsiyasi merosini oʻrganish va targʻib etish boʻyicha oʻziga xos katta ilmiy maktab yaratishga erishdik. Naqadar katta imkoniyatlari­miz, intellektual salohiyatimiz borligi­ni dunyoga namoyon eta oldik. Bu bilan har qancha faxrlansak, gʻururlansak arziydi”, degan soʻzlari esa chindan ham qalbimizga nur kabi singib ketdi.

Hech shubhasiz, ushbu ulugʻvor markaz Oʻz­bekistonimizning dovrugʻini yetti iqlimga yanada mashhur qiladi. Bunga har bir yurtdo­shimiz ayni dargohga qadam qoʻyganda toʻla amin boʻladi.

Shonli oʻtmishimizga mos ulugʻvor majmua

Akmal NURIDDINOV, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi, Oʻzbekiston xalq rassomi:

— Islom sivilizatsiyasi markazining tantanali ochilishi nafaqat mamlakati­miz, balki butun islom olami va jahon jamoatchiligi uchun katta ahamiyatga ega boʻldi, desam yanglishmayman. Zero, ushbu markaz yurtimizning koʻp asrlik ilmiy- maʼrifiy merosini oʻrganish, asrab- avaylash va keng jahonga namoyon etish yoʻlidagi eng yirik loyihalardan biri hisoblanadi.

Oʻzbekiston zaminidan yetishib chiqqan buyuk allomalar — Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi mutafakkirlar jahon si­vilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qoʻsh­gan. Ularning boy ilmiy merosi bugungi kungacha insoniyat taraqqiyotiga xizmat qilib kelmoqda. Yangi ochilgan markaz esa ana shu bebaho merosni chuqur oʻrganish, ilmiy tadqiq etish va uni zamonaviy usullar orqali keng jamoatchilikka yetka­zishni maqsad qilgan.

Markaz zamonaviy infratuzilmaga ega boʻlib, unda noyob qoʻlyozmalar, qa­dimiy manbalar, interaktiv ekspozi­siyalar va ilmiy tadqiqotlar uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Bu yerda xalqaro ilmiy anjumanlar, konferensiyalar va maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilishi re­jalashtirilgani esa uning ahamiyatini yanada oshiradi. Mutaxassislarning taʼ­kidlashicha, markaz kelgusida jahon miqyosidagi ilmiy-maʼrifiy maskanlardan biriga aylanishi kutilmoqda.

Eng muhimi, mazkur dargoh bugun­gi globallashuv sharoitida insonlarni birlashtiruvchi, tinchlik, bagʻrikenglik va oʻzaro hurmat gʻoyalarini targʻib etuvchi maʼnaviy makon sifatida xizmat qiladi. Ayniqsa, yosh avlodni milliy va umumin­soniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda uning oʻrni beqiyos. Chunki bu yerda tarix va zamonaviylik uygʻunlashib, insonni maʼnan boyituvchi muhit yaratilgan.

Xulosa qilib aytganda, Islom sivi­lizatsiyasi markazi yurtimizning maʼna­viy hayotida ham yangi sahifa ochdi. U na­faqat oʻtmishni anglash, balki kelajakni barpo etish yoʻlida mustahkam poydevor boʻladi.

Intellektual salohiyatni namoyon etuvchi maskan

Qutbiddin BURHONOV, Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi:

— Bugun jahonda turli qarama-qarshi­liklar, tahlikali vaziyatlar kuchayib borayotgan bir sharoitda tinchlik, bagʻri­kenglik va maʼrifat gʻoyalarini ilgari surish har qachongidan ham dolzarb aha­miyat kasb etmoqda.

Ana shunday murakkab davrda mamla­katimizda kechayotgan izchil islohotlar, ayniqsa, Prezidentimiz ilgari surgan tashabbuslarni nafaqat yurtimiz, balki butun jahon hamjamiyati yuksak eʼtirof etayotgani barchamizga iftixor bagʻish­laydi.

Bugun yuksak gʻoyalar asosida barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi yurtimizning koʻp ming yillik tarixi va boy maʼnaviy merosini oʻrganish hamda targʻib etishda beqiyos ahamiyat kasb etayot­gan noyob majmuaga aylandi. Ushbu mar­kazni nafaqat meʼmoriy inshoot, balki xalqimizning maʼnaviy qiyofasi, tari­xiy xotirasi va intellektual salohiyati­ni namoyon etuvchi ulkan maʼrifiy maskan sifatida koʻrdik.

Markazning rasmiy ochilish marosimi muborak Ramazon oyiga toʻgʻri kelgani ham chuqur ramziy maʼnoga ega. Chunki u mehr- oqibat, saxovat va insonparvarlik fazi­latlarini yuksaltirish oyidir. Bugun yur­timizdagi ijtimoiy himoya, ehtiyojmand aholiga koʻmak berish, tibbiy xizmatlarni yaxshilash kabi ishlar aynan shu qadriyat­larning amaldagi ifodasi.

Islom sivilizatsiyasi markazi nafaqat tarixiy yodgorliklar jamlangan joy, bal­ki zamonaviy ilmiy-tadqiqot va maʼri­fiy markaz sifatida ham katta ahamiyatga ega. Bu yerda joylashtirilgan ekspozitsiya­lar xalqimizning boy tarixi, siviliza­siyasi va taraqqiyot bosqichlarini yaxlit holda namoyon etadi.

Markazda jamlangan nodir qoʻlyozmalar va tarixiy manbalar ajdodlarimiz jahon tamadduniga qoʻshgan ulkan hissaning yor­qin timsolidir. Bu yoshlarimiz uchun katta maʼnaviy va tarbiyaviy ahamiyatga ega. Chun­ki oʻz tarixini bilgan, ajdodlari merosi bilan faxrlangan yosh avlodgina kelajakda yuksak natijalarga erisha oladi.

Islom sivilizatsiyasi markazi yoshlari­mizni ilmu maʼrifatga chorlovchi, ularni buyuk allomalarimiz yoʻlidan borishga ilhomlantiruvchi muhim maʼnaviy makon. Bu yerda shakllanayotgan ilmiy muhit yangi avlod olimlari va tadqiqotchilarini voya­ga yetkazishga xizmat qiladi.

Islom sivilizatsiyasi markazining 2026-yilda ochilishi kutilayotgan nu­fuzli muzeylar roʻyxatiga kiritilgani, shubhasiz, mamlakatimiz mavqei yuksa­layotganidan dalolat beradi. Bu, avvalo, davlatimiz rahbarining oqilona siyosati va ilgari surgan maʼrifiy tashabbusla­rining xalqaro miqyosda eʼtirof eti­layotgani namunasidir.

Mazkur markazni barpo etish va uni boy tarixiy meros bilan taʼminlashda Prezidentimizning shaxsiy tashabbu­si va hissasi beqiyos. Dunyoning turli burchaklarida saqlanayotgan noyob qoʻlyoz­malar, tarixiy yodgorliklar va ekspo­natlarni yurtimizga olib kelish bora­sidagi saʼy-harakatlar bugun oʻzining amaliy natijasini bermoqda. Bu esa xalqimizning koʻp asrlik tarixi va ma­daniy merosini qayta tiklash, uni ke­lajak avlodga yetkazish yoʻlidagi muhim qadamdir.

Har bir yurtdoshimiz oʻz oilasi, far­zandlari bilan ushbu markazga borib, xal­qimizning boy tarixi va maʼnaviy mero­si bilan yaqindan tanishishi juda muhim. Chunki inson oʻz ildizlarini, oʻzligini anglagani sari qalbida Vatanga muhabbat, milliy gʻurur va masʼuliyat tuygʻulari yana­da mustahkamlanadi.