Toshkent shahri Olmazor tumani hududida “Islom tsivilizatsiyasi markazi” qad rostlamoqda. Hozirda markaz qurilish ishlari keng ko‘lamda davom ettirilmoqda. Mahalliy aholi esa Yashnobod tumanidagi Maxtumquli ko‘chasida joylashgan “Yashil bog‘” deb nom olgan turar joy majmuasidagi yangi qurib foydalanishga topshirilgan ko‘p qavatli uylarga ko‘chib o‘tmoqda. Ushbu foydalanishga topshirilgan ko‘p qavvatli uylarning ko‘rkam, yorug‘, keng va shinamligidan xonadonlar egalari mamnun.
Ta'kidlash mumkinki, islom dini rivojlanishi yo‘lida xizmat qiluvchi “Islom tsivilizatsiyasi markazi” qurilishi uchun jami 241 ta xonadon buzilishga tushgan. Hozirga kelib ularning 237 tasi buzib bo‘lingan. Olmazor tumani hokimligi qoshida tashkil etilgan maxsus kommisiya xulosasiga asosan ushbu xonadonlar egalariga uy joylar ajratilgan. Ayni paytda qolgan 5 ta xonadon egalariga ham uy-joylar ajratilib, ularning uylarida ham buzilish ishlari olib boriladi. Bu jarayon 10 noyabrga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan.